Ma’lumki, shu yilning 27-oktyabrida mamlakatimizda muhim siyosiy jarayon - Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari saylovi o‘tkaziladi
Unga puxta tayyorgarlik ko‘rish uchun saylov komissiyasi a’zolarining bilim va malakalari yetarli bo‘lishi kerak. Shu maqsadda 5-sentyabrdan 18-sentyabrgacha o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etish belgilangan.
Mingbuloq melioratsiya kasb-hunar kollejida tuman saylov komissiyasi hamda uchastka saylov komissiyalari a’zolari uchun o‘quvlar boshlandi.
Shu munosabat bilan tashkillangan yig‘ilishda tuman hokimi Ahrorbek Mansurov bu yilgi saylov tadbirlari har doimgidan mukammalroq tarzda o‘tishi belgilangani, saylovchilarning huquqiy ongini yanada oshirish uchun komissiya a’zolari yetarli ko‘nikmaga ega bo‘lishlari haqida to‘xtaldi.
Shundan so‘ng o‘quv qatnashchilari belgilangan xonalarga taklif etildilar. Ularga malakali trenerlar kerakli bilimlarni beradilar.