NAMANGAN VILOYATIDA UCHASTKA SAYLOV KOMISSIYALARINING TO‘LIQ TARKIBI TASDIQLANDI

16.09.2024

12462

msk_yangiliklari_in

Namangan viloyati hududiy saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat hududiy saylov komissiyasi a’zolari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

 

Yig‘ilishni viloyat hududiy saylov komissiyasi raisi Sobitxon Turg‘unov olib bordi.

 

 

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 20- va 23-moddalari hamda Markaziy saylov komissiyasining shu yil 5-iyundagi 1337-son qarori bilan tasdiqlangan “Uchastka saylov komissiyasi to‘g‘risida”gi Nizomga muvofiq, Namangan viloyati hududiy saylov komissiyasining qarori qabul qilindi.

 

Qarorga asosan, viloyat hududi bo‘yicha uchastka saylov komissiyalarining to‘liq tarkibi tasdiqlandi.

 

 

Ma’lumki, bir muddat avval Xalq deputatlari 13 ta tuman va 1 ta shahar Kengashlarining uchastka saylov komissiyalari tarkibiga a’zolarni tavsiya etish to‘g‘risidagi qarorlari qabul qilingan edi. Ahamiyatlisi, komissiyalar tarkibidan avvalgi saylovlarda ishtirok etgan, saylov qonunchiligi bo‘yicha tajriba va tushunchaga ega turli soha vakillari o‘rin olgan.

 

 

Shuningdek, yig‘ilishda viloyatda uchastka saylov komissiyalari a’zolari uchun o‘quvlarning yuqori saviyada tashkil etilayotgani, uchastka saylov komissiyalari ishi samaradorligini ta’minlash yuzasidan atroflicha fikr-mulohazalar bildirildi. 

 

Ma’lumot uchun: Namangan viloyati bo‘yicha 837 ta saylov uchastkasi tashkil etilgan.

 

Namangan viloyat hududiy saylov komissiyasi matbuot markazi

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur