Namangan viloyati
hududiy saylov komissiyasi

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

12.09.2024

45

msk_yangiliklari_in

Namangan shahrida Xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov o‘tkazuvchi  okrug saylov komissiyalarining rais, rais o‘rinbosarlari va kotiblari ishtirokida o‘quv mashg‘ulotlari davom etmoqda

 

O‘quv mashg‘ulotlari dasturidan yangi saylov tizimi, saylov komissiyalari faoliyatining asosiy jihatlari, saylovchilar ro‘yxati bilan ishlash, binolarni jihozlash, muddatidan oldin ovoz berishni tashkil etish, ovozlarni sanab chiqish va natijalarni belgilash kabi saylov jarayoni bilan bog‘liq barcha mavzular o‘rin olgan.

 

 

Mazkur o‘quv mashg‘ulotlarida belgilangan mavzular doirasidagi ma’ruzalardan tashqari amaliy mashg‘ulotlar ham tashkillanyapti. Shuningdek, bu jarayonlarni o‘tkazish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

 

O‘quv kurslarini yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish maqsadida yuqori malakali ekspertlar tomonidan o‘quv rejalariga muvofiq ma’ruza matni, topshiriq savollari, test, taqdimot, infografika, video-darslar ko‘rinishidagi o‘quv-uslubiy materiallar tayyorlangan. O‘quv-amaliy mashg‘ulotlarning barcha bosqichlari ushbu o‘quv-uslubiy materiallardan foydalangan holda interaktiv usullarda olib borilmoqda.

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur