O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori Adham Bekmurodov boshchiligidagi respublika ishchi guruhi vakillari Namangan viloyatida tashkil etilgan o‘quv seminarlari bilan yaqindan tanishishdi.
Respublika ishchi guruhi Kosonsoy, Yangiqo‘rg‘on, Chortoq tumanlarida olib borilayotgan ishlarni kuzatib, tegishli maslahatlar berishdi.
Tanishuv davomida avvalgi saylovlarda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va ularning oldini olish bo‘yicha ham bir qator vazifalarni tushuntirib o‘tishdi.
Namangan viloyat hududiy saylov komissiyasi matbuot markazi