Namangan viloyati
hududiy saylov komissiyasi

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

Okrug saylov komissiyalari raisi, o‘rinbosar va kotiblari uchun o‘quv mashg‘ulotlari davom etmoqda 

27.08.2024

87

msk_yangiliklari_in

Avval xabar berganimizdek, Namangan davlat universitetida Xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov o‘tkazuvchi 55 ta okrug saylov komissiyalarining rais, rais o‘rinbosarlari va kotiblari ishtirokida o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tmoqda.

 

O‘quv mashg‘ulotlari dasturidan yangi saylov tizimi, saylov komissiyalari faoliyatining asosiy jihatlari, saylovchilar ro‘yxati bilan ishlash, binolarni jihozlash, muddatidan oldin ovoz berishni tashkil etish, ovozlarni sanab chiqish va natijalarni belgilash kabi saylov jarayoni bilan bog‘liq barcha mavzular o‘rin olgan.

 

 

 

165 nafar tinglovchi ishtirok etayotgan o‘quv mashg‘ulotlarida belgilangan mavzular doirasidagi ma’ruzalardan tashqari amaliy mashg‘ulotlar ham tashkillanyapti. 

 

O‘quv kurslarini yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish maqsadida yuqori malakali ekspertlar tomonidan o‘quv rejalariga muvofiq ma’ruza matni, topshiriq savollari, test, taqdimot, infografika, video-darslar ko‘rinishidagi o‘quv-uslubiy materiallar tayyorlangan. O‘quv-amaliy mashg‘ulotlarning barcha bosqichlari ushbu o‘quv-uslubiy materiallardan foydalangan holda interaktiv usullarda olib borilmoqda. 

 

 

 

Bugun nihoya topadigan o‘quvlar yakunida tinglovchilar olgan bilim va ko‘nikmalari asosida test sinovidan o‘tadilar.

 

Namangan viloyat hududiy saylov komissiyasi matbuot markazi

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur