Uychi tumanida uchastka saylov komissiyalari raislari, ularning o‘rinbosarlari va kotiblarining o‘quvi boshlandi

12.09.2024

79

msk_yangiliklari_in

Uychi tumanidagi 1-son kasb-hunar maktabida  uchastka saylov komissiyalari raislari, ularning o‘rinbosarlari va kotiblari uchun o‘quv-trening mashg‘ulotlari boshlandi.

 

O‘quv mashg‘ulotlarida uchastka saylov komissiyasining vazifalari, uchastka bo‘yicha saylovchilar ro‘yxatini tuzish, saylov o‘tkaziladigan kun va ovoz berish tartibi haqida aholini xabardor qilish, saylov uchastkalarini ovoz berish uchun tayyorlash kabi mavzularda ma’ruzalar tinglanmoqda.

 

 

O‘z navbatida, tinglovchilarning xalqaro va mahalliy kuzatuvchilar, ommaviy axborot vositalari vakillari bilan ishlash, saylovning ochiqligi va oshkoraligini ta’minlash xususidagi savollariga trenerlar tomonidan amaldagi qonun hujjatlari asosida atroflicha javoblar berilmoqda.

 

Treninglar davomida, shuningdek, saylov jarayonida qonuniylikni ta’minlash va fuqarolarning siyosiy huquqlari buzilishining oldini olish, saylov qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik to‘g‘risida ham batafsil tushunchalar berilmoqda.

 

 

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur