Namangan viloyati
hududiy saylov komissiyasi

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

10.08.2024

290

msk_yangiliklari_in

Kuni kecha Namangan viloyati hududiy saylov komissiyasining navbatdagi  yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashiga saylov o‘tkazuvchi saylov okruglarini tuzish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi. Yig‘ilishni Namangan viloyati hududiy saylov komissiyasi raisi Sobitxon Turg‘unov olib bordi.

 

Kun tartibidagi masala yuzasidan viloyat hokimining «Xalq deputatlari viloyat Kengashiga saylov o‘tkazuvchi saylov okruglari haqida»gi taqdimnomasi ma’lumot uchun qabul qilindi.

 

 

Bir ovozdan O‘zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi 9-, 20- va 88-moddalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2024-yil 5-iyundagi 1338-son qarori bilan tasdiqlangan «Saylov okruglari va uchastkalarini tuzish tartibi to‘g‘risida»gi Nizomga muvofiq, viloyat hududiy saylov komissiyasining qarori qabul qilindi.

 

Unga ko‘ra, Xalq deputatlari Namangan viloyat Kengashiga saylov o‘tkazuvchi 55 ta saylov okruglari tuzildi.

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur