O‘tgan hafta so‘nggida Namangan viloyati hududiy saylov komissiyasiga xalqaro kuzatuvchilar tashrif buyurdi. YEXHT missiyasining kuzatuvchilari - Germaniya davlatidan Kati Xyotger hamda Buyuk Britaniyadan Martin Bruks viloyat hududiy saylov komissiyasi faoliyati bilan yaqindan tanishdilar va hududiy saylov komissiyasi raisi Sobitxon Turg‘unov bilan muloqot olib bordilar.
“Namangan haqiqati” gazetasining bugun – 5-oktyabr kungi sonida xalqaro kuzatuvchilarning tashrifiga doir “Xalqaro kuzatuvchilar – Namanganda!” sarlavhali maqola chop etildi.
Maqola viloyat hududiy saylov komissiyasi matbuot markazi tomonidan tayyorlangan.
Namangan viloyat hududiy saylov komissiyasi matbuot markazi