NAMANGAN VILOYATI HUDUDIDA 837 TA SAYLOV UCHASTKALARI TUZILDI

21.08.2024

17668

msk_yangiliklari_in

Namangan viloyati hududiy saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni hududiy saylov komissiyasi raisi Sobitxon Turg‘unov olib bordi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi saylovi bo‘yicha saylov uchastkalarini tuzish to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.

 

 

O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 10- va 20-moddalari hamda Markaziy saylov komissiyasining shu yil 5-iyundagi 1338-son qarori bilan tasdiqlangan Saylov okruglari va uchastkalarini tuzish tartibi to‘g‘risidagi nizomga muvofiq, Namangan viloyati hududiy saylov komissiyasi «Ye-saylov» tizimi vositasida saylov uchastkalarining joylashuvi yuzasidan 13 ta tuman va 1 ta shahar hokimliklarining taqdimnomalarini ko‘rib chiqdi va o‘rganishlardan keyin qaror qabul qildi.

 

 

Qarorga ko‘ra, viloyat hududi bo‘yicha 837 ta saylov uchastkalari tuzildi.

Saylov uchastkalarining 7 tasi maxsus saylov uchastkalari hisoblansa, 59 ta saylov uchastkalari qo‘shni davlatlar bilan chegaradosh tumanlar hududida tashkil etildi.

Shuningdek, viloyatdagi saylov uchastkalarining 659 tasi maktab, 64 tasi kollej, litsey va texnikumlar, 25 tasi mahalla fuqarolar yig‘inlari, 43 tasi madaniyat va  sport markazlari hamda tibbiyot, oliy o‘quv yurti va boshqa muassasalar binolarida tashkil etiladi.

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur