Namangan viloyati hududiy saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishida xalq deputatlari viloyat kengashiga saylov o‘tkazish bo‘yicha okrug saylov komissiya va ularning tarkibi to‘g‘risidagi masala ko‘rib chiqildi.

17.08.2024

252

msk_yangiliklari_in

Yig‘ilishni hududiy saylov komissiyasi raisi Sobitxon Turg‘unov olib bordi.

 

Unda viloyat hududiy saylov komissiyasi a’zolari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

 

Kun tartibidagi masalaga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Saylov Kodeksining 20-moddasiga asosan hududiy saylov komissiyasiga xalq deputatlari viloyat kengashiga saylov o‘tkazish bo‘yicha okrug saylov komissiyalarini tuzish hamda ularning tarkibi va joylashgan yeri to‘g‘risidagi ma’lumotlarni e’lon qilish vakolati berilgan.

 

 

Ahamiyatlisi shundaki, bu yil xalq deputatlari viloyat  kengashiga saylov o‘tkazish bo‘yicha okrug saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlarni tasdiqlash uchun hududiy saylov komissiyasiga tavsiya etish hamda hududiy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlash jarayonlari “E-saylov” axborot tizimi orqali amalga oshirilishi yo‘lga qo‘yildi.

 

Okrug saylov komissiyasi a’zoligiga yigirma bir yoshga to‘lgan, o‘rta yoki oliy ma’lumotga, qoida tariqasida, saylovga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish borasida ish tajribasiga ega bo‘lgan, aholi o‘rtasida obro‘-e’tibor qozongan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari nomzod etib ko‘rsatildi.

 

 

Saylov Kodeksi va tasdiqlangan Kalendar rejaga asosan, xalq deputatlari viloyat  kengashiga saylov o‘tkazish bo‘yicha okrug saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlarni xalq deputatlari tuman, shahar Kengashlari tomonidan  muhokama qilinib, saylovga kamida 75 kun qolgunga qadar  Namangan viloyati hududiy saylov komissiyasiga belgilangan tartibda tasdiqlash uchun tavsiya etish  lozim.

 

Hududiy saylov komissiyasida murojaatlar ro‘yxatga olindi va xalq deputatlari viloyat  kengashiga saylov o‘tkazish bo‘yicha okrug saylov komissiyalari a’zoligiga nomzodlarga  oid hujjatlar o‘rganib chiqildi. 

 

Taqdim etilgan hujjatlarga ko‘ra, xalq deputatlari viloyat  kengashiga saylov o‘tkazish bo‘yicha okrug saylov komissiyalari a’zolarini tasdiqlash to‘g‘risidagi  qaror qabul qilindi.

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur