Namangan viloyatida uchastka saylov komissiyalari raislari, ularning o‘rinbosarlari va kotiblarining o‘quvi boshlandi

06.09.2024

200

msk_yangiliklari_in

Ayni paytda mamlakatimiz muhim siyosiy jarayon - saylovlar oldida turibdi. Saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni qonuniy asoslarda o‘tkazishda uchastka saylov komissiyalari va ularning rais, o‘rinbosar va kotiblarining bilim, malaka va tajribasi muhim ahamiyatga ega.

 

Shuning uchun Namangan viloyatida ham uchastka saylov komissiyalari raislari, o‘rinbosarlari va kotiblari uchun trening mashg‘ulotlari boshlandi.

 

 

O‘quv mashg‘ulotlarida uchastka saylov komissiyasining vazifalari, uchastka bo‘yicha saylovchilar ro‘yxatini tuzish, saylov o‘tkaziladigan kun va ovoz berish tartibi haqida aholini xabardor qilish, saylov uchastkalarini ovoz berish uchun tayyorlash kabi mavzularda ma’ruzalar tinglanmoqda.

 

Seminarlarda treninglar, shuningdek, saylov uchastkalarini jihozlash, “Ona va bola” hamda tibbiyot xonalarini tashkil etish, komissiyaning samarali ish faoliyati uchun zarur shart-sharoit yaratish, muddatidan oldin ovoz berishni tashkil qilish kabi masalalar haqida ham tinglovchilarga keng tushuncha berilmoqda.

 

Mashg‘ulotlarda xalqaro va mahalliy kuzatuvchilar, ommaviy axborot vositalari vakillari bilan ishlash, saylovning ochiqligi va oshkoraligini ta’minlash xususida ham fikr yuritilmoqda.

 

 

 

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur