O‘zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining 2025 yil 11 sentabrdagi “Ayrim bo‘shab qolgan o‘rinlarga mahalliy Kengashlar deputatlarining saylovini tayinlash to‘g‘risida”gi 1446-sonli qaroriga asosan Namangan viloyati, Pop tumanda quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan saylov okrugida xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining ayrim bo‘shab qolgan deputatlik o‘rinlari uchun 2025 yil 19 oktabr, yakshanba kuni yangi saylov bo‘lib o‘tadi.
T/r |
Mahalliy Kengash nomi |
Saylov okrugi nomi |
Saylov uchastkasi tartib raqami |
Saylov uchastkasi |
Saylov uchastkasi chegaralari |
1. |
Xalq deputatlari Pop tumani Kengashi |
25-Nayman saylov okrugi |
438-сaylov uchastkasi |
45-sonli umumta’lim maktabi binosi, Pop tumani, Nayman mahallasi, Nayman ko‘chasi 45-uy |
Nаymаn MFYning barcha ko`chalari |
2. |
439-saylov uchastkasi |
24-sonli umumta’lim maktabi binosi, Pop tumani, Kenagas mahallasi, Kenagas ko‘chasi 35-uy |
Kenagas MFYning barcha ko`chalari |
||
3. |
440-saylov uchastkasi |
47-sonli umumta’lim maktabi binosi, Pop tumani, Qo‘shtepa mahallasi, Qo‘shtepa ko‘chasi 75-uy |
Qo‘shtepa MFYning barcha ko`chalari |
2025 yil 19 oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq tadbirlar bo‘yicha hududiy saylov komissiyasining namangan.saylov.uz sayti orqali tanishib borish mumkin.
Eslatma!
1. Saylov kuniga qadar yoki saylov kuni 18 yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasining fuqarolari saylash huquqiga egadir;
2. Saylov byulleteni saylovchining shaxsini tasdiqlovchi hujjati asosida tegishli saylov uchastkasining saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan fuqarolarga beriladi;
3. Ovoz berish saylov kuni soat 8:00 dan 20:00 gacha o‘tkaziladi;