Muhim siyosiy tadbirga tayyorgarlik doirasida

02.10.2024

218

msk_yangiliklari_in

Mamlakatimizda shu yil 27-oktyabr kuni bo‘lib o‘tadigan parlament va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovining xalqaro standartlar hamda milliy qonunchilik talablari asosida o‘tishini,   saylovchilarning faol ishtirokini ta’minlash maqsadida Namangan viloyati Davlatobod tumanida ham muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.  

 

Mazkur tumanda 40 ta saylov uchastkasi tuzilgan bo‘lib, ularda 432 nafar uchastka saylov komissiyalari a’zolari faoliyat yurityapti. Komissiya a’zolari avvalgi saylovlarda tajriba to‘plagan, obro‘li vakillardan iborat tarkibda shakllantirilgan. Tumandagi jami saylovchilar soni 93403 nafarni tashkil etmoqda.  

 

 

139-saylov uchastkasi Namangan muhandislik-texnologiya instituti binosida joylashgan. Bu yerda 9 nafar komissiya a’zolarining samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun ajratilgan xonalar zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari bilan  jihozlangan.  

 

Saylov uchastkasida muhim siyosiy tadbirga tayyorgarlik ishlari talab darajasida amalga oshirilyapti. Hozirgacha 1 ming 792 nafar saylovchining elektron ro‘yxati tuzildi. Ovoz berish xonalari tayyor holga keltirildi. Saylov komissiyasi joylashgan bino foyesida tashkil etilgan ko‘rgazmali vositalar esa saylovchilar, ayniqsa, birinchi marta ovoz berish huquqidan foydalanadigan yoshlarning saylovga doir huquqiy asoslar, tartib-qoidalar, saylov komissiyasi faoliyatiga oid tegishli ma’lumotlardan xabardor bo‘lishiga xizmat qilyapti.  

 

 

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur