Namangan viloyati
hududiy saylov komissiyasi

Ko'rinish:

Shrift hajmi:

Namangan viloyati hududiy saylov komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

02.08.2024

249

msk_yangiliklari_in

Yig‘ilishda Hududiy saylov komissiyasining  21 nafar a’zolari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 19- va 20-moddalariga asosan Namangan viloyati hududiy saylov komissiyasi qaroriga ko‘ra, yig‘ilishda shahar va tuman saylov komissiyalarining shaxsiy tarkibi tasdiqlandi.

 

Unga ko‘ra, Namangan viloyati bo‘yicha 1 ta shahar va 13 ta tuman saylov komissiyalari tuzildi va shaxsiy tarkibi tasdiqlandi.

 

 

Shuningdek, yig‘ilishda SJBAT bo‘yicha 46 nafar viloyat hududiy trenerlari uchun o‘quv-seminarlarini samarali tashkil etish masalasi ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi. Namangan viloyati hududiy saylov komissiyasi matbuot markazi

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur