Yig‘ilishda Hududiy saylov komissiyasining 21 nafar a’zolari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksining 19- va 20-moddalariga asosan Namangan viloyati hududiy saylov komissiyasi qaroriga ko‘ra, yig‘ilishda shahar va tuman saylov komissiyalarining shaxsiy tarkibi tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, Namangan viloyati bo‘yicha 1 ta shahar va 13 ta tuman saylov komissiyalari tuzildi va shaxsiy tarkibi tasdiqlandi.
Shuningdek, yig‘ilishda SJBAT bo‘yicha 46 nafar viloyat hududiy trenerlari uchun o‘quv-seminarlarini samarali tashkil etish masalasi ko‘rib chiqilib, tegishli qarorlar qabul qilindi. Namangan viloyati hududiy saylov komissiyasi matbuot markazi