Namangan viloyatida hududiy trenerlarni o‘qitish kurslari tashkil etildi

20.08.2024

44201

msk_yangiliklari_in

Ma’lumki, joriy yilning 12-14-avgust kunlari Markaziy saylov komissiyasi tashabbusi bilan “Saylov komissiyalari a’zolarining malakasini oshirishni tashkil etish konsepsiyasi” asosida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, mahalliy Kengash saylovlari bo‘yicha respublika trenerlari uchun saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir o‘quv-uslubiy mashg‘ulotlar tashkil etildi.

 

 

Uch kunlik o‘quv dasturiga muvofiq olib borilgan treninglarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy kengashlarga bo‘lib o‘tadigan saylovlarning tashkilotchilari, xususan tuman, shahar, okrug va uchastka saylov komissiyalari a’zolarining nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash uchun respublika trenerlari tayyorlandi. Ular orasida Namangan davlat universiteti professor-o‘qituvchilaridan 6 nafar respublika trenerlari ham bo‘lib, ular tomonidan Namangan viloyatida 19-avgust kuni 68 nafar hududiy trenerlarni o‘qitish boshlandi.

 

Belgilangan o‘quv dasturiga muvofiq Namangan davlat universitetida bo‘lib o‘tayotgan o‘quv kurslari 21-avgustga qadar davom etadi.

 

 

Izoh qoldirish uchun tizimdan ro'yxatdan o'tishingiz zarur